Qo'shaloq bayram muborak aziz yurtdoshlar.

01 09 2017 12:14

Aziz Vatandoshim. Sizni Mustaqilligimizning 26 yilligi va "Iyd Qurbon" Hayiti bayramlar bilan samimiy tabriklaymiz.  Mustaqilligimiz abadiy,  osmonimiz musaffo, yurtimiz tinch, yurtboshimiz omon bo'lsin. Mustahkam sog'lik,  ketmas baxt, saodat va omad doimiy hamrohingiz bo'lishini hamda orzu havaslaringiz amalga oshishini tilaymiz. Xonadoningizni fayz-u baraka, xotirjamlik, ziyo va nur hech qachon tark etmasin. Bayramlar va shod-u hurramlik bardavom bo'lsin. Qo'shaloq bayram muborak bo'lsin.