Hamkorlar
Hurmatli hamkorlar!
Aholining o'sib borayotgan farovonlgi, kichik va o'rta biznesning rivojlanishi, ko'plab korxonalar, kompaniyalar, idoralarni ochilishi chinni mahsulotlarini xarid qilish zaruriyatini sezilarli darajada oshiradi.
Hozirgi kunda, Markaziy Osiyo mamlakatlarida chinni ishlab chiqarish bilan shug'ullanuvchi kompaniyalarni qol bilan sanab chiqish mumkin, chinni mahsulotlariga ehtiyoj to'liq ta'minlanayotgani yoq. Defetsit asosan import orqali qoplanadi, lekin import qilinayotgan mahsulotlarning narxlari potentsial iste'molchilarning faqat cheklangan qismi uchun to’gri keladi.
Ayni paytda, "Surxon Termiz Chinni" MChJ mahsulotlarini aholi, umumiy ovqatlanish tashkilotlari va xususiy korxonalarga sotib bormoqda, kelajakda MDH davlatlari bozorlarida realizatsiya qilish kozda tutulmoqda.